Kompani 650 kunlik tanaffusdan so‘ng yana Chempionlar ligasida maydonga tushadigan bo‘ldi

“Manchester Siti” klubi himoyachisi Vensan Kompani yana birozdan so‘ng boshlanadigan “Bezel”ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadigan bo‘ldi.

E’tiborlisi, belgiyalik futbolchi 650 kunlik tanaffusdan so‘ng yana ushbu musobaqada ishtirok etadigan bo‘ldi. Aytish lozimki, Kompani so‘nggi marta 2015/16 yilgi mavsumda “Real”ga (1:0) qarshi yarim final bahsida ishtirok etgan va o‘yinning 10-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Bazel” – “Manchester Siti” uchrashuvi 00:45da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!