Konferentsiyalar ligasi. Bugun "Roma" ishtirokidagi o‘yinni qaysi telekanal namoyish etadi?
Bugun Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar orasida "Zariya" - "Roma" bahsi ham bor.
Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "bo‘rilar" o‘z maydonida Ukrainaning "Zarya" klubi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Uchrashuvni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Joze Mourino shogirdlari joylashgan "S" guruhidagi ikkinchi bahs Norvegiyaning "Bude-Glimt" va TsSKA Sofiya klubi o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin ham 01:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, "Roma" 4-turdan so‘ng guruh 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Bude-Glimt" hisobida 8 ochko mavjud.

Fikrlar