Konferentsiyalar Ligasi. Bugun Shomurodovning "Roma"si Ukrainada mehmon bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bellashuvlar orasida biz uchun ahamiyatlisi "Roma" ishtirokidagi bahs ham bor.

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "bo‘rilar" safarda Ukrainaning "Zarya" klubi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadi.

Joze Mourino shogirdlari joylashgan "S" guruhidagi ikkinchi bahs Norvegiyaning "Bude-Glimt" va TsSKA Sofiya klubi o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin ham 21:45da start oladi.

Ma’lumot uchun, "Roma" birinchi turdan so‘ng guruhda peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Nevajno
30/09/2021 15:17
Уйинни Матч Футбол 3 оберади бугун Машарипов жамоасиям уйниди уйин силкалари Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор, кимга кере боса