
Konoplyanka "Beshiktosh"ga o‘tadi
Gelzenkirxenning “Shalke” klubi yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyanka faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.
Haber365 nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli ukrainalik futbolchiga “Beshiktosh” jiddiy qiziqib qolgan. Istanbulliklar bu borada nemis klubi bilan kelishuvga erishishgan. Konoplyanka yangi haftada rasman “Beshiktosh” futbolchisi sifatida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda Konoplyanka “Beshiktosh” bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 2 mln evro maosh oladi.
Fikrlar