
Konoplyanka mavsumni Italiyada davom ettirishi mumkin
Gelzenkirxenning “Shalke” klubi yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyanka faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli ukrainalik futbolchining xizmatlariga “Sampdoriya” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlashk kerakki, A Seriya klubi prezidenti Massimo Ferrero bu borada nafaqat Konoplyanka, balki “Shalke” rahbariyati bilan ham gaplashgan.
Ma’lumot uchun, Konoplyanka “Shalke” safiga 2016 yil “Sevilya”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsum Bundesligada 13ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar