Konor MakGregor o‘zi kabi mashhur bokschini MMA janglariga tayyorlaydi

CHERY AUTO

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri bu yil aralash yakkakurashlarda debyut qilishga tayyorligini aytdi.

Tecno

"Siz bu yil MMAdagi debyutimni ko‘rishingiz mumkin. Biz Konor MakGregor bilan suhbatlashdik va u menga mashg‘ulot o‘tkazish istagini bildirdi. Bu men uchun juda ajoyib variant.

Konor  shunchaki, "Tayyor bo‘lganingizdan so‘ng, ishni boshlaymiz. Dublinga keling va mashg‘ulotlarni boshlang"deb aytdi. Men uning taklifini qabul qilaman "dedi Fyuri.

Eslatib o‘tamiz: 31 oktyabr kuni Fyuri  o‘zining WWE dagi debyutini Braun Stroumanga qarshi o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!