Konor MakGregorni jangga chorlagan hamyurtimizda nima gaplar?(Video)

CHERY AUTO

  Mamlakatimizning eng mashhur sportchilarining karantin holatida qanday foydali mashg‘ulotlar bilan band ekanligi va  o‘z o‘rnida qay tarzda vaqtini unumli o‘tkazish kerakligi borasidagi tavsiyalarini e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Bu safar mamlakatimizning eng mashhur kikboksingchilaridan biri, kinoaktyor, rejissor, xonanda bir so‘z bilan aytganda serqirra inson, o‘sha mashhur Konor MakGregorni jangga chorlagan yurtdoshimiz Muhammadali Toshturg‘unov o‘zining ayni vaqtda qanday ishlar bilan mashg‘ul ekanligi bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, yoshlarimizga o‘ziga xos maslahatlar ham berib o‘tdi.

Tecno

- Ma’lumki, yurtimizda karantin holati joriy qilingan. Shuning uchun, barcha zallarimizni yopganmiz. Shogirdlarimga bevosita onlayn orqali ko‘rsatmalar berib turibman. Qolaversa, o‘zimni ustimda ishlashda davom etmoqdaman. Garchi, uy sharoitida bo‘lsa ham mashg‘ulotlar olib borishga harakat qilyapman. Chunki, sport qon-qonimga singib ketgan. Ayniqsa, hozir o‘zimga ko‘proq vaqt ajratishga imkon tug‘ildi. Shuning uchun, izlanishda davom etyapman. Ya’ni avval bajara olmagan tryuklarim ustida ishlayapman. Qolaversa, oilam bag‘rida ko‘proq bo‘lib, farzandlarimning onlayn darslarni bajarishlarini bevosita nazorat qilib borishga harakat qilyapman. Umuman olganda bo‘sh vaqtning o‘zi yo‘q desam yanglishmagan bo‘laman. Mashg‘ulotlardan keyin kitob o‘qishga jiddiy kirishdim. To‘g‘rirog‘i, turk yozuvchisi Ahmad Lutfiy Qozonchining “Saodat asri qissalari” asariga qiziqib qoldim va uni mutolaa qilyapman. O‘z o‘rnida barchaga ushbu kitobni o‘qishni tavsiya qilardim.

 Yoshlarimizga umuman olganda yurtdoshlarimizga avvalo, vahimaga berilmasliklarini, bu borada jonbozlik ko‘rsatayotgan barcha soha vakillarini karantin holatiga qa’tiy rioya qilgan holda qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ragan bo‘lardim. Shaxsiy gigienalarga amal qilishsin.  Shuningdek, sport bilan shug‘ullanib kayfiyatlarini ko‘tarishsin, immunitetini oshirishsin. Yurtboshimiz ham bu borada gapirib o‘tyapti. Shunday ekan, uyda qolib, barcha ko‘rsatmalarga amal qilsak, albatta, koronavirus balosini ham engib o‘tamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!