Konte "eski" shogirdini "yangi" jamoasiga olib kelmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Klaudio Markizio faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
CalcioMercato nashrining ma’lum qilishicha Londonning "Chelsi" klubi 28 yoshli italiyalik futbolchini yozgi transfer davrida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Markizio o‘z vaqtida "aristokratlar" bosh murabbiyi Antonio Konte qo‘l ostida bilan "Yuventus" va Italiya terma jamoasida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Klaudioning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar