
"Konya-2021". Engil atletikachilarimiz ham umumiy hisobda 8 ta medal qo‘lga kiritdi
Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari davom etmoqda.
Ayni paytga kelib turnirning engil atletika bellashuvlari nihoyasiga etib ulgurdi. Unda vakillarimiz 4 ta oltin va 2 tadan kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Anvar Anvarov, Sharifa Davronova, Suhrob Xo‘jaev va Safina Sadullaeva shohsupaning birinchi, Svetlana Radzivil va Farida Solieva ikkinchi, Roksana Xudoyorova hamda Nargiza Qo‘chqorova uchinchi pog‘onasini band etdi.
Fikrlar