Ko‘p gol o‘tkazayotgan "Manchester Yunayted"ga superhimoyachi keladi
“Leyptsig” himoyachisi Dayo Upamekano o‘z klubi bilan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekkaniga qaramay, “Manchester Yunayted” tarkibiga ko‘chib o‘tishni istamoqda.
Yangi shartnomaga ko‘ra, 21 yoshli frantsiyalik futbolchini olishni istagan klub “Leyptsig” hisob raqamiga 40 million funt o‘tkazib berishi kerak. Biroq, bu summa 2021 yilning yozidan kuchga kiradi.
Agar Sulsher bu himoyachini shu yilning o‘zida qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, 60 million funt to‘lashi kerak.
“Manchester Yunayted” rahbariyati esa Bundesliga vakili bu summani pasaytirishiga ishonchmoqda va o‘yinchini olish harakatlarini boshlamoqchi.

Fikrlar