
Kopa Amerika. Chilini enggan Argentina bronza medalini qo‘lga kiritdi
"Arena San-Paulu" stadionida kechgan uchrashuvda argentinaliklar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. 12-daqiqada Serxio Aguero "albiseleste"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib Paulo Dibala o‘rtadagi hisobni oshirdi.
37-daqiqada esa maydondani o‘zaro janjal sabab Lionel Messi va Gari Medellar maydondan chetlatilishdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa Arturo Vidal 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni qisqartirishga erishdi. Ammo bu muvozanatni tiklash uchun etarli bo‘lmadi va Argentina musobaqaning bronza medallariga ega chiqdi.
Kopa Amerika-2019. 3-o‘rin uchun bahs
Argentina – Chili 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 12 Aguero, 2:0 – 22 Dibala, 2:1 – 59, penalti Vidal.
Argentina – Armani, Foyt, Petstselya, Otamendi, Talyafiko, de Paul, Paredes, Lo Chelso (Funes Mori, 90), Messi, Dibala (Di Mariya, 67), Aguero (Suares, 81).
Chili – Aryas, Medel, Xara (Maripan, 50), Dias, Pulgar, Isla, Bosejur, Arangis (Kastilo, 83), Vidal, Vargas, Sanches (Fernandes, 17).
Ogohlantirishlar: Bosejur (16), Vidal (26), Pulgar (45), Petstselya (57), Paredes (63), Foyt (79), Talyafiko (90).
Chetlatish: Medel (37), Messi (37).
Fikrlar