Koronavirus Kanchelskisning o‘pkasini zararlamoqda

  • 5 sentabr, 2020, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis koronavirusga chalingan edi. Rossiyalik murabbiy bilan aloqa bog‘lab turgan rus saytlari uning o‘pkasi 20 foizga zararlanganini xabar qilmoqda.

Tecno

- Tekshiruvlar o‘pkamning 20 foizi zararlanganini ko‘rsatdi. Ahvolim o‘rtacha, lekin shifokorlar buni davolasa bo‘ladi, deyishyapti. Eng muhimi, shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilgan ekanman, - dedi Kanchelskis.

Andrey Kanchelskis bosh murabbiylik qilayotgan “Navbahor” bu yilgi musobaqada 14 ta uchrashuvda 20 ochko jamg‘arib, ettinchi o‘rinni egallab turibdi. Hozir bosh murabbiy yo‘qligida futbolchilarga No‘’mon Hasanov ustozlik qilmoqda.

Koronavirusga chalingan Kanchelskis ahvoli haqida ma’lumot berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!