
Koronavirusdan qochish Keylor Navasga 200 ming dollarga tushdi
PSJ darvozaboni Keylor Navas koronavirus pandemiyasi paytida Frantsiyadan vataniga qaytib ketish uchun juda katta mablag‘ to‘ladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Navas Frantsiyadagi karantin qoidalariga amal qilgan, lekin, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat yomonlashganidan so‘ng Kosta-Rikaga ketishga qaror qilgan. Mahoratli posbon Parijdan o‘z yurtiga jo‘nab ketish uchun 200 ming dollarga shaxsiy samolyot buyurtma qilgan. U o‘zi bilan birga xotini va 3 ta bolasini ham olib ketgan.
Endi Navas va uning oila a’zolari Kosta-Rikada 14 kun davomida karantinda bo‘lishadi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunga kelib Frantsiyada COVID-19 virusini yuqtirib olganlar 37,5 nafardan ortib ketdi. Ulardan 2,3 mingtasi kasallikdan vafot etdi.
Fikrlar