
Kosta "Yuventus"da ko‘rikdan o‘tish uchun Turin shahriga etib keldi (foto)
Myunxenning “Bavariya” klubining hujumkor yarim himoyachisi Duglas Kosta “Yuventus”da tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnorma imzolash uchun Turin shahriga etib keldi.
Italiya OAVlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, 26 yoshli braziliyalik futbolchi ertaga tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Ana shundan so‘ng futbolchining “Yuve” safiga o‘tgani rasman e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, turinliklar Kostani “Bavariya”dan keyinchalik 40 mln evro vaziga sotib olish shartni bilan ikki yil muddatga ijaraga olishni rejalashtirishgan.
Fikrlar