
Kostas Manolas Otabek Shukurovning sobiq jamoasi bilan kelishuvga erishdi
Gretsiyalik himoyachi Kostas Manolas faoliyatini BAAda davom ettiradi. U "Sharja" klubi bilan kelishuvga erishdi.
Bitimga ko‘ra, futbolchi yangi jamoasi bilan 2024 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Shuningdek, unda shartnomani uzaytirish bandi ham mavjud.
"Olimpiakos" vakili tez orada rasman "Sharja" futbolchisiga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, u avval "Roma" va "Napoli" kabi Italiya klublarida to‘p tepgan.
Fikrlar