Koutino 6 hafta davolanadi
Mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazayotgan yarim himoyachi Filippe Koutino taxminan 6 hafta maydonga qayta olmaydi.
Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli braziliyalik futbolchi o‘ng to‘pig‘idan operatsiya qilingan. U endi ikki haftadan so‘ng reabilitatsiya kurslarini boshlaydi.
Koutino joriy mavsum “Bavariya” safida Bundesligada 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar