
Koutino “Barsa”da boshqa o‘ynamaydi
“Barselona” rahbariyati braziliyalik yulduz Felipe Koutinoni mavsum oxiriga qadar boshqa maydonga tushirmaydigan bo‘lyapti.
Bu jarohat bilan bog‘liq emas. Agar braziliyalik pleymeyker kataloniyaliklar safida ma’lum miqdorda o‘yin o‘tkazsa, “Barselona” xo‘jayinlari “Liverpul”ga yana to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi.
“Barselona” esa, moliyaviy inqiroz davrida liverpulliklarga ortiqcha pul to‘lamoqchi emas va shuning uchun ularga Koutinoni o‘ynatmaslik varianti ma’qul kelmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, agar Koutino “Barselona” tarkibida yana ettita uchrashuv o‘tkazsa, klub futbolchining avvalgi jamoasiga 5 million bonus to‘lashi kerak bo‘ladi. Shu paytga qadar, kataloniyaliklar Koutino uchun “Liverpul”ga 160 million evro to‘lab bo‘ldi.
Fikrlar