
Koutino yana operatsiya qilindi. U bu mavsum boshqa o‘ynolmasligi mumkin
"Barselona" klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa yarim himoyachisi Filippe Koutino chap tizzasidan muvaffaqiyatli operatsiya qilinganini ma’lum qildi.
Hozircha, 28 yoshli braziliyalik futbolchining qachon safga qaytishi aniq emas. Shifokorlar uning joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmasligini taxmin qilmoqda.
Koutino "ko‘k anor ranglilar" safida 2020 yilning dekabridan buyon o‘ynamayapti. U joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
“Barselona” Koutinoni 2018 yilning yanvarida 106 mln funtga “Liverpul”dan sotib olgan edi. Ammo u jamoaga kutilganidek moslashib keta olmadi va kataloniyaliklar o‘tgan mavsum uni “Bavariya”ga ijaraga berib yubordi. Filippening “Barsa” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar