Kovach o‘z xohishiga ko‘ra "Bavariya"dan ketgan
Bugun tongda "Bavariya" Niko Kovachni bosh murabbiylikdan ozod etilganligi haqida xabar berib o‘tgan edik. Nemis OAV ma’lumotiga ko‘ra, bu iste’fo murabbiyning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, Kovach "Bavariya"ni 2018 yil yozida qabul qilib olgan. Uning qo‘l ostida klub Germaniya chempioni, mamlakat kubogini va shuningdek Germaniya superkubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar