
"Krilya Sovetov" - "Enisey" 4:0 (video)
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan "Krilya Sovetov" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Enisey"ni qabul qildi. "Samara-Arena"da kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Denisov jarohati bois mazkur o‘yinni o‘tkazib yubordi. Bugungi g‘alaba natijasida camaraliklar hisobidagi ochkolar soni 21 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar