
Krishtianu Ronaldu yana bir rekord qo‘ydi, bu safar maydon tashqarisida
Krishtianu Ronaldu rekord o‘rnatishda davom etadi.
Gap shundaki, portugaliyalik yulduzning "Instagram" sahifasidagi obunachilari soni 500 milliontaga etdi. Bu orqali u mazkur ijtimoiy tarmoqda shunday natijaga erishgan ilk insonga aylandi.
Bu borada ikkinchi o‘rin Ronalduning ashaddiy raqobatchisi Lionel Messiga tegishli. Argentinalik futbolchida ushbu ko‘rsatkich 372 millionga teng.
Krishtianudan ko‘proq kuzatuvchi faqatgina "Ingstagram"ning o‘z akkauntida mavjud. Uni 569 million obunachisi bor.
Fikrlar