
Kroos: Afsonaviy davr. Biz tarix yaratdik, oshna
"Real" Madrid futbolchisi Toni Kroos jamoadoshi Kazemironing klubdan ketishiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
"Kazemiro bo‘lgan joyda dam olish deyarli imkonsiz. U hamma joyda mashq qilish kerak, deb hisoblaydi. Hatto hammomda ham u velosiped va shtangalarni ko‘rishingiz mumkin.
Ha, men sog‘inib qolaman. Kaze, sen futbolchi sifatida hammaga namuna bo‘la olasan. Shuningdek, ajoyib inson sifatida ham.
Afsonaviy davr. Biz tarix yaratdik, oshna. Endi yo‘llarimiz ajraldi, qachondir shunday bo‘lishi kerak edi. Ammo do‘stligimiz abadiy bo‘lib qoladi.
Senga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Tez orada ko‘rishguncha, "askar"!", - dedi germaniyalik yarim himoyachi.
Fikrlar