Kuba boks terma jamoasi yig‘inda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keladi. Jahon chempionati oldidan tarkib e’lon qilindi

  • 13 sentabr, 2021, 18:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Kuba boksi jahonda o‘z nomiga ega ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum. Bu safargi Tokio Olimpiadasida ham ular etakchilikni qaytib olishdi. Bizni oldinda 26 oktyabrdan start oladigan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati kutib turibdi. 

Tecno

Quvonarlisi, mazkur yirik musobaqa oldidan Kuba va O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolari qo‘shma o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Jamoalar 12-22 oktyabr kunlari O‘zbekistondagi Yangiobod bazasida o‘zaro tayyorgarlik jarayonini olib boradi va birgalikda jahon chempionatida ishtirok etish uchun Serbiyaga jo‘nab ketadi. 

Shuningdek, Kuba terma jamoasi jahon chempionatiga saralashdan o‘tuvchi kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi:

48 kg: Billi Rodriges 

51 kg: Damian Arse va Rolando Martines 

54 kg: Yosbani Veytiya va Erislan Romero 

57 kg: Osvel Kabalero va Osvaldo Dias 

60 kg: Lasaro Alvares va Rafael Juber 

63.5 kg: Endi Kruz va Isael Parkament

67 kg: Kevin Braun va Xorxe Moyran 

71 kg: Roniel Iglesias va Damian Leskay

75 kg: Yoenlis Felisiano Ernandes va Aleks Mishel Peres 

80 kg: Arlen Lopes, Yoxanler Martines, Brayan Leon

86 kg: Xerix Ruis va Reysiel Poll 

92 kg: Xulio Sezar La Krus va Xorxe Luis Felimon

+92 kg: Dine Pero va Karlos Kastilo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
13/09/2021 21:26
Бизикилар улардан ўрганадиган жиҳатлари кўп бўлса керак ўрганиб олишсин. Уларнинг услубини улардан ўғирлашсин.
Кубага ўргатадиган жиҳатларимиз ҳам бор. Парижга олимпиядага боришда уларга биз токиёга саралаб этган "адолатли " танловларимизни ўргатишсин. Таркибни чемпион бўлмаса ҳам Олимпиядага этиш мумкинлигини ўргатишсин..