Kuchli beshlikning eng yaxshi to‘purari qanday rekord qayd etganini bilasizmi?

  • 24 fevral, 2020, 08:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Latsio" Italiya A Seriyasi 25-turi doirasida "Jenoa"ni qabul qildi va mehmonda qiyin g‘alabaga erishdi.

Tecno

Ushbu o‘yindagi gollarning birini rimliklar to‘purari Chiro Immobile o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Bu bombardirning Italiya chempionatidagi 25-o‘yinida 27-goli bo‘ldi va 1958/59 mavsumda Antoni Anjellillo qayd etgan natijasini takrorladi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Immobile kuchli beshlik futbolchilari o‘rtasida eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Uning eng yaqin taqibchisi Robert Levandovski hisobida esa 25 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!