
Kuman bunaqasini kutmagan edi. “Barsa”ga Depay kerak emas!
“Barselona” rahbariyati Ronald Kuman kutayotgan hujumchi Memfis Depay transferidan ko‘ra, jamoaning zaif bo‘lgan boshqa pozitsiyalarini kuchaytirish kerak, degan qarorga keldi.
Kataloniya klubi xo‘jayinlari Pedri va Martin Breytueyt ayni paytda yaxshi o‘ynayotganini inobatga olib, klubning yangi hujumchiga ehtiyoji yo‘qligini ta’kidlamoqda. Ular tayanch yarim himoyachisi va markaziy himoya olishni maqsad qilgan.
Shuningdek, Kuman kutgan transfer jamoadagi hujumchilardan biri sotilsagina amalga oshirilishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar