Kuman kimga ishonadi?
“Barselona” rahbariyati markaziy himoyachi Ronald Arauxoni jamoada saqlab qolishga qaror qildi.
Ayni paytda klub rahbariyati 21 yoshli urugvaylik futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara boshladi. Kataloniyaliklar Arauxoga 2026 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma taklif qilmoqda.
Aslida himoyachining amaldagi shartnoma yakunlanishiga yana uch yil bor. Biroq, iste’dodli o‘yinchini qo‘ldan chiqarib yubormaslik uchun “Barsa” rahbarlari kelishuvni yana uch yilga uzaytirmoqchi.
Bosh murabbiy Ronald Kuman ham adashiga ishonch bildirmoqda. Arauxo joriy mavsumda asosiy tarkibda uchta o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, Chempionlar ligasida ham ishtirok etdi.

Fikrlar