Kuman Xoland o‘rniga sobiq shogirdini olib kelmoqchi, "Barsa" rahbariyati esa bunga qarshi

  • 14.03.2021 10:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘z jamoasida “Inter” hujumchisi Romelu Lukakuni ko‘rmoqchi.

Xabarlarga qaraganda, kataloniyaliklar rahbariyati “Borussiya” Dortmund hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirmoqda, ammo 57 yoshli gollandiyalik mutaxassis bu borada belgiyalik futbolchining nomzodini ilgari surmoqda.

Shunga qaramay, “Barsa” rahbariyati Kumanning fikriga qo‘shilmaydi. Klubning yangi prezidenti Joan Laporta Xolandni shu yoz sotib olmoqchi.

Lukaku va Kuman o‘z vaqtida “Everton”da birga faoliyat olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!