Kuman zudlik bilan ketishi kerak

  • 16 sentabr, 2021, 23:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ronald Kumanning klubdaggi kelajagi so‘roq ostida turibdi. 

Tecno

"TV3" va "AS" nashrining xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" kengashining bir necha a’zolari bugungi Laporta boshchiligidagi yig‘ilishda niderlandiyalik mutaxassisni zudlik bilan ishdan bo‘shatish lozimligini talab qilishgan. 

Joan unga ishonmasa ham, bunga rozilik bermadi. Gap shundaki, Ronaldning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda o‘z yakuniga etadi. Agar, u muddatidan oldin lavozimidan olinsa, "Barsa" jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Uning o‘rniga olib kelinishi mumkin bo‘lgan Yordi Kroyff bu taklifga rozilik bermasa kerak. Sababi, u Kumanning maslahatchisi va do‘sti hisoblanadi. Shuningdek, Laporta "Barsa B" murabbiyi  Serxi Barxuanni ham bunga tayyor emas, deb hisoblaydi va Xavi ham mavsum davom etayotgan paytda kelishga rozilik bermasligi mumkin. 

Ta’kidlanganidek, amaldagi murabbiy borasida yakuniy qarorni klub prezidenti hal qiladi. Unga direktorlar kengashining ta’siri minimal darajada.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!