
Kurash. Turnir ishtirokchilari At-Termiziy ziyoratgohiga bordi
Xabaringiz bor, Termiz shahri kurash bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan mazkur turnir oldidan bugun buyuk bobomizning maqbarasi ziyorat qilindi va ehson dasturxoni yozildi.
So‘ngra, havaskor va professional sportchilar musobaqa oldidan kichik ko‘rgazmali chiqishlarda ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, bugun Turizm va Sport vaziri Aziz Abdujakimov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi.
Fikrlar