
Kurtua: "Atletiko" ikkinchi golni urishga harakat qilmadi. Sababi, ular Vini va Mbappedan qo‘rqdi
Tibo Kurtua "Real" Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqqani to‘g‘risida fikr bildirdi.
Madridliklar 1/8 final javob bahsida "Atletiko"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi (0:1, penaltilar seriyasi bo‘yicha 4:2, birinchi o‘yin - 2:1).
"Men "Atletiko" ikkinchi golni urishga harakat qiladi deb o‘yladim. Ular shunchaki himoyalanib, qarshi hujumga o‘tishga qaror qilishganida esa hayron bo‘ldim. Ular buni yaxshi uddaladi. Sababi, golli vaziyatlari biznikidan ko‘p edi. "Atletiko" ikkinchi golni urish uchun hujumga o‘tmaganiga aniq sabab bor. Ular Vinisius va Mbappening tezkor qarshi hujumlaridan qo‘rqdi.
"Korreaning zarbasini deyarli to‘sgandim. Syorlot esa doimiy ravishda turli tarafga zarba berishni yaxshi ko‘rishini bilardim. Biroq Lorente qaerga tepishini aniq bilmasdim. U mashg‘ulotlarda ba’zan "pushka" zarbalar yo‘llaganini eslayman. Markos yana shunday qildi, lekin to‘p to‘singa tegdi", - dedi "Real" darvozaboni.
Fikrlar