
Kurtua: "Birinchi bo‘limda yaxshi himoyalandik, biroq..."
Evropa chempionlar ligasi doirasida 5-turning markaziy uchrashuvida "Liverpul" o‘z uyida "Real Madrid" jamoasini qabul qildi. To‘qnashuvda "mersisaydliklar"ning qo‘li baland keldi (2:0).
Bellashuvdan so‘ng "qaymoqranglilar" darvozaboni Tibo Kurtua o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Liverpul" hozirda Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Birinchi bo‘limda yaxshi himoyalandik, biroq, hujumda hech narsa o‘xshamadi. Biz penaltidan hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi. Biroq, bu ham amalga oshmadi. Ikkinchi goldan keyin esa o‘yinni qutqarib qolish qiyin edi, - dedi belgiyalik posbon.
Ma’lumot uchun, "Los-Blankos" 5-turdan so‘ng turnir jadvalining 24-pog‘onasidan joy oldi. "Liverpul" esa 15 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi.
Fikrlar