Kutilmagan burilish: Mbappeni “Real”dan olib qo‘yadigan grand topildi

  • 19 fevral, 2024, 19:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati “Real”ga o‘tishi kutilayotgan Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

Tecno

25 yoshli hujumchi PSJ xo‘jayinlariga yozda jamoani tark etishini aytgan. Asosiy da’vogar “Real” to‘purarga mo‘ljallangan maosh miqdorini pasaytirishga qaror qildi.

Bola Sport nashrining yozishicha, madridliklarning bu qarori Kilian Mbappega yoqmagan. “Shaharliklar” aynan mana shu vaziyatdan foydalanib, frantsiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga umid bildirmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Mbappe “Qirollik klubi”ga maoshni biroz qisqartirishga rozi ekanini bildirgan. Lekin “Real” mutasaddilari moliyaviy sharoitlarni o‘yinchi kutmagan darajada o‘zgartirib yuborgan. Bu holat muzokaralarda jiddiy o‘zgarish bo‘lishiga olib kelishi aytilmoqda.

Avvalroq, Kilian Mbappening vakillaridan biri “Manchester Siti” bilan muzokara o‘tkazayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Илҳом
19/02/2024 20:32
Эзворди шу қоравой ҳам. Тезроқ қаерга ўтса ўтсин, шу сайт ҳам бошқа маълумотлар устида ишласин журналистга ўхшаб. Айтганча, ҳурматли сайт ижодкорлари, Мбаппе билан жуда ўхшашсизлар. Орсизлик, лўттибозликда сира қолишмайсиз
Шоим Зарипов
20/02/2024 09:44
Бу коровой хам журналистлар хам жонга тегди бошка мавзу йукми
Азимов Хасанбой
19/02/2024 19:36
Реал хам Мбапеда бошка вариант йуклигини билгани ун хохлаган уйинига уйнатяпди.