Kutilmagan o‘yinchi Evropaning eng zo‘r futbolchisi bo‘ldi

  • 17 oktabr, 2024, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

WhoScored portali Evropaning “top-5” ligalarida to‘p tepayotgan futbolchilar orasidan reytingi baland 10 nafar futbolchi ro‘yxati tuzdi.

Tecno

Reytingni shakllantirishda mavsumning dastlabki oylarida o‘yinchilarga qo‘yilgan ballarning umumiy ulushi inobatga olindi.

Ushbu reytingda birinchi o‘rin “Ayntraxt”ning misrlik legioneri Umar Marmushga nasib qildi. 25 yoshli hujumchi mavsumda o‘z klubi uchun barcha turnirlarda to‘qqizta uchrashuvda to‘qqizta gol va oltita assist qayd etgan.

WhoScored portali talqini bo‘yicha eng kuchli o‘yinchilar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Omar Marmush («Ayntraxt») — 8,49.

Bukayo Saka («Arsenal») — 8,25.

Lamin Yamal («Barselona») — 8,19.

Erling Xoland («Manchester Siti») — 8,11.

Koul Palmer («Chelsi») — 7,96.

Rafinya («Barselona») — 7,93.

Xarri Keyn («Bavariya») — 7,92.

Usmon Dembele («PSJ») — 7,92.

Florian Virts («Bayer») — 7,91.

Jovani Lo Chelso («Betis») — 7,91.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!