
Kutilmagan yangilik! Sadio Mane Qatarga boradi
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane JCh-2022da ishtirok etishi mumkin.
AFP nashrining xabariga ko‘ra, Senegal terma jamoasi futbolchini jarohatiga qaramay Qatarga boradiganlar ro‘yxatiga kiritishga tayyor.
"Ishonch bilan aytish mumkinki, Mane ertangi qaydnomada bo‘ladi", - deya xabar berdi Senegal futbol federatsiyasi.
Manening o‘zi hotirjamlikni saqlagan holda, jarohatlar futbolning bir qismi ekanligini tushunib turibdi.
JCh-2022 20 noyabr kuni Qatarda start oladi. Senegal termasi guruh bosqichida Niderlandiya, Qatar va Ekvadorga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar