
Kutilmaganda Dyokereshni Ispaniyaning Madrid klubi ilib ketmoqchi!
Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko Madrid" Viktor Dyokeresh bilan qiziqmoqda.
"ElDesmarque" nashrining xabar berishicha, Madrid klubi yozgi transfer oynasida ikki markaziy va bitta chap qanot himoyachisi, shuningdek, ikki yarim himoyachi hamda bir yoki ikki hujumchi izlamoqda – bu jamoani kim tark etishiga bog‘liq bo‘ladi.
Shu sababli, "Atletiko" "Benfika" futbolchisi Fernandes Karreras hamda "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh transferini ko‘rib chiqmoqda. Klub shvetsiyalik hujumchini qo‘lga kiritish qiyin bo‘lishini his qilmoqda. Biroq, bu imkonsiz emasligini biladi. Manbaga ko‘ra, madridliklar allaqachon futbolchi bo‘yicha bir necha so‘rov yuborgan.
Shvetsariyalik forvardga "matraschilar"dan tashqari, Angliya Premer-ligasining top klublari ham bir necha oydan buyon jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli hujumchi joriy mavsum 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 40 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar