
La gazzetta dello sport nashri Jasur Yaxshiboev "Inter"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushish yoki tushmasligiga oydinlik kiritdi
EChL 3-turi doirasida "Inter" - "Sherif" uchrashuvi o‘zbekistonlik muxlislarning qiziqishiga sabab bo‘lyapti. Ayniqsa, Yaxshiboev Madridda "Real" darvozasiga gol urganidan so‘ng "Sherif" ishtirokidagi o‘yinlarga e’tibor ortdi.
Xorij nashrlari jamoalarning taxminiy tarkiblarini tuzib chiqqanda, hamyurtimiz dastlabki daqiqalardan maydonga tushishi yozildi. Biroq Jasur bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda la gazzetta dello sport xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Jasur Yaxshiboev jarohatidan tuzalmagan. Shuning uchun u mazkur bahsni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar