
La Liga. "Atletiko" "gollar shousi"da "Valensiya"dan ustun keldi
Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Alvaro Morata, Antuan Grizmann va Anxel Korreyalar tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar safida Kevin Gameyro va Daniel Parexolar javob qaytarishdi.
Shu tariqa, "matraschilar" hisobidagi ochkolar soni 71 taga etdi va jamoa turnir jadvalida hamon 2-o‘rinni egallab turibdi. "Valensiya" esa 52 ochko bilan 5-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar