La Liga. "Atletiko" kutilmaganda safarda ochko yo‘qotdi

  • 15 yanvar, 2023, 22:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 17-turidan o‘rin olgan "Almeriya" - "Atletiko" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Dastlab, 18-daqiqada Korrea hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Ture muvozanatni tikladi. Shuningdek, madridliklar a’zosi Regilon 89-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

Shu tariqa, 28 ochkosi bor "matraschilar" 4-o‘ringa chiqib oldi. Mezbonlar hisobida 18 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 13-pog‘onani band etgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!