
La Liga. "Barsa" o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi
La Liganing 35-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real Sosedad" to‘qnashuvi mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Merino 5-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Syorlot oradagi farqni ikkitaga etkazdi. So‘nggi daqiqalarda Levandovski javob golini urdi.
Shu tariqa, chempionlikni hal qilgan "Barsa" mag‘lub bo‘ldi va ochkolari soni 85 ta bo‘lib qoldi. "Sosedad" esa 65 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar