
La Liga. "Barsa"ning "qora" kunlari boshandi(mi)? Klub autsayderga sensatsion tarzda mag‘lub bo‘ldi
La Liga 32-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Kadis" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "ko‘k-anorranglilar" 1:0 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi.
48-daqiqada Lukas Peres tomonidan urilgan gol bahs taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, Xavi shogirdlari hisobidagi 60 ochko o‘zgarmay qoldi. Ayni vaqtda ular La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 31 ochkosi bor "Kadis" 16-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar