La Liga ham qachondan davom ettirilishi ma’lum
Koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan Ispaniya chempionati 12 iyundan davom ettirilishi mumkin. Klublar bu borada ogohlantirilgan. Bu haqda La Ligi prezidenti Xaver Tebas ma’lum qildi.
- Men 12 iyundan mavsumni davom ettirishni xohlayman. Birinchi va ikkinchi divizionlar bir vaqtda tugaydi, - dedi Xaver Tebas.
AS nashrining xabariga ko‘ra, La Ligada pandemiya bilan bog‘liq muammo paydo bo‘lsa, o‘yinlar bir haftaga suriladi.

Fikrlar