La Liga koronavirusdan qancha zarar ko‘radi?
Ispaniya La Ligasi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz ortidan qancha zarar ko‘rishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Liga prezidenti Xaver Tebasning so‘zlariga ko‘ra chempionat 300 million evrodan 1 milliard evrogacha zarar ko‘rishi mumkin.
“Agar mavsumni yakunlamasak, u holda 1 milliard evro zarar ko‘ramiz. Agar o‘yinlarni tomoshabinlarsiz davom ettirsak, ushbu zarar 300 million evroni tashkil qilishi mumkin”, - deydi Tebas.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati 8 mart sanasidan buyon to‘xtatib qo‘yilgan edi. Mavsum yakunlanishi uchun esa jamoalar yana 11 ta uchrashuv o‘tkazishlari kerak.
Fikrlar