
La Liga. "Real" "kundalik ishi"ni qildi
La Liga 22-turidan o‘rin olgan "Las-Palmas" - "Real" bahsi yakunlandi. Unda "qirollik klubi" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Ximenes 53-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Vinisius 66-daqiqada muvozanatni tikladi. Chuameni esa 84-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda "qirollik klubi"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, Anchelotti shogirdlari ochkolari sonini 54 taga etkazib olgan holda, La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Fikrlar