La Ligada "mavsum oʻyinchisi" sovrini uchun nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi

  • 26.05.2026 16:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya La Ligasi mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi uchun beriladigan sovrin nomzodlari roʻyxatini maʼlum qildi.

Ushbu mukofot uchun "Barselona"dan Lamin Yamal, "Real"dan Kilian Mbappe, "Betis"dan Pablo Fornals, "Vilyarreal"dan Nikolas Pepe hamda "Malyorka"dan Vedat Muriki kurash olib boradi.

Kilian Mbappe yakunlangan mavsumda Ispaniya chempionatida eng koʻp gol urgan futbolchi boʻldi. Vedat Muriki esa 23 gol bilan ikkinchi oʻrinni egalladi.
Lamin Yamal esa La Liga mavsumida eng koʻp golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi sifatida qayd etildi.

Mavsum yakunlariga koʻra, Ispaniya chempioni "Barselona" boʻldi. Ikkinchi oʻrinni "Real" egallagan boʻlsa, kuchli uchlikni "Vilyarreal" yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!