La Ligada yana bir iste’fo yuz berilishi kutilmoqda

  • 20 mart, 2023, 20:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli klubni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. Uning klubdagi yomon natijalari sabab iste’fosi yaqin. 

Tecno

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, yaqin soatlarda ushbu ma’lumotlar rasman e’lon qilinadi. Argentinalik mutaxassis 2022 yilning oktyabr oyida jamoaga keldi. Uning qo‘lida "Sevilya" 31 ta o‘yinda 13 marta g‘alaba qozonib, 6 ta durangga imzo chekdi va 13 marta mag‘lubiyatga uchradi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya klubi ayni dam La Ligada 14-o‘rinda bormoqda. Bu iste’fo andalusiyaliklar uchun ikkinchisi bo‘ladi. Avvalroq, Xulen Lopetegi bo‘shatilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!