Lamela: "Futbol menga bergan barcha narsalaring uchun minnatdorman"

  • 15 avgust, 15:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma", "Tottenxem" va "Sevilya" jamoalar tarkibida o‘ynagan Erik Lamela 33 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Yarim himoyachi o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shu so‘zlarni yozgan xolda futbolni tark etganini ma’lum qildi.

Tecno

"Men professional faoliyatimni yakunlashga qaror qilganimni ma’lum qilmoqchiman. Bu qaror haqida uzoq o‘yladim va nihoyat vaqti keldi. Bilmaganlar uchun  11 yildan beri son jarohatlari bilan bog‘liq muammolar meni qiynaydi. 2017 yilda esa ikkala oyog‘im operatsiya qilingan, bunda chap tomonim eng ko‘p aziyat chekkan. Bu og‘ir yil edi, men juda qo‘rqardim.

Mening faoliyatimning oxiri bo‘lishi mumkin, deb o‘ylagandim. O‘sha vaqti atigi 25 yoshda edim. Operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng menga yana to‘rt yil o‘ynash imkoniyatini sovg‘a qilishdi. Menga vaqt o‘tishi bilan ahvol yanada yomonlashishini aytishdi va hozir aynan shu narsaga duch kelyabman. 

Fizioterapevtlar bilan soatlab ishlash, zalda mashq qilish, cheksiz ukollar va muolajalar bilan ikki baravar ko‘proq vaqt o‘ynashga muvaffaq bo‘ldim.

Og‘riq orqali o‘ynash va mashq qilish hayotimning bir qismiga aylandi. So‘nggi besh yil davomida har bir o‘yin oldidan oddiy holatda maydonga chiqish uchun dori qabul qilishga majbur bo‘ldim. Futbol menga bergan barcha narsalaring uchun minnatdorman. Albatta, shu vaqt davomida meni qo‘llab-quvvatlagan barcha va ayniqsa, mening o‘yinimni tomosha qilishdan zavq olganlarga tashakkur. "River Pleyt," "Roma," "Tottenxem," "Sevilya" va AEKga rahmat sizlar doim mening qalbimda qolasizlar",  -deya yozadi argentinalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Erik Lamela faoliyati davomida 484 ta o‘yinda maydonga tushib, 84 ta gol urgan va 76 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!