“Lans” rejasi o‘zgardi: Husanovga atalgan joyda endi boshqa himoyachi o‘ynaydi

  • 6 avgust, 2023, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lans” rahbariyati O‘zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovni mudofaa markazi etakchisi Kevin Dansoga o‘rinbosar sifatida transfer qilgan edi.

Tecno

Frantsiya vitse-chempioni 24 yoshli avstriyalik himoyachini Italiya chempioni – “Napoli”ga sotib yuborishni va o‘rniga o‘zbekistonlik futbolchini tayyorlashni rejalashtirgan edi.

“Napoli” mutasaddilari Kevin Dansoni olishga urinib ko‘rdi. “Napoli” murabbiylar shtabi Dansoni “Bavariya”ga o‘tib ketgan osiyolik futbolchi Kim Min Djega munosib o‘rinbosar sifatida jamoaga olib kelishni istayapti.

kevin-danso-lens-2022-1667222795-95261

Italiyaliklar “Lans” rahbariyatiga bu futbolchi uchun 22 million evro badal puli ko‘rsatilgan rasmiy taklifni ham yubordi.

Biroq, “Lans” o‘z o‘yinchisini 30 million evroga baholadi. Ular “Napoli”ning navbatdagi taklifini kutayotgan edi.

Endi vaziyat o‘zgardi. “Lans” murabbiylar shtabi asosiy himoyachilaridan birini jamoada olib qolishga qaror qildi. Tomonlar o‘zaro muzokaralarda bir qarorga keldi.

Kevin Danso klub bilan shartnomani 2027 yilning yozigacha uzaytirdi va hamkorlik rasmiylashtirildi.

Kevin Danso Angliyaning “Reding”, “MK Dons” va Germaniyaning “Augsburg” jamoalari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2017 yili “Augsburg”da boshlagan. Keyinchalik Angliyaning “Sautgempton” va Germaniyaning “Fartuna” klublarida ijara asosida to‘p tepgan.

Avstriyalik o‘yinchi “Lans” safiga 2021 yili Germaniyaning “Augsburg” jamoasidan transfer qilingan edi.  Kevin o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 40 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, raqiblar darvozasini bir marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

Endi Abduqodir Husanov asosiy tarkibga kirishi uchun Kevin Danso bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. “Lans” murabbiylar shtabi “Volfsburg” va “Torino” jamoalariga qarshi o‘tkazilgan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida o‘zbekistonlik legionerini so‘nggi daqiqalarda zaxiradan maydonga tushirdi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatiga yo‘l olgan birinchi o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, “Energetik-BGU”da o‘ynagan legionerimiz Belarus chempionatidan Evropaning kuchli beshlik chempionatlari sovrindori bo‘lgan klubga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chib o‘tgan yagona futbolchiga aylandi.

Abduqodir Belarusga 2021 yili fevralda hali 17 yoshligidayoq kelgan edi. Belarus futbolidagi qoidaga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan legioner futbolchi professional ligada ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Buning yagona yo‘li – istisno tariqasida FIFAdan ruxsat olish edi. Biroq, klubning ham, agentning ham bu boradagi harakatlari samara bermadi. Xalqaro tashkilotdan ruxsat kelgani yo‘q.

2022 yili Abduqodir 18 yoshgacha to‘lishi bilan “Energetik-BGU” rahbariyati “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisini Belarus chempionatida ishtirok etishi uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi.

1689190279

Belarus chempionatidagi bir yarim yillik faoliyatidan keyin Husanov endi Evropaning top-chempionatida o‘ynaydigan bo‘lyapti.

Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti

Shomurodov portlashini kutyapman!

Mashhur murabbiy Shomurodovga baho berdi

Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?

“Kalyari” muxlislari Shomurodov debyuti haqida nimalar deyapti?

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

TsSKA mazza qiladi: Fayzullaevning kuchli tomoni ko‘p, kamchiligi esa...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Alek
04/08/2023 22:21
Ana boshlandi