Laporta “Barsa”ga zo‘r futbolchi topdi. Xavi transferga qarshi!

  • 25 yanvar, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta va bosh murabbiy Xavi Ernandes bir transfer borasida kelisha olmayapti.

Klub rahbariyati jamoaga “Vulverxempton” yarim himoyachisi Ruben Neveshni olib kelmoqchi. Laporta o‘yinchining agenti Jorje Mendesh bilan do‘stona aloqalariga tayanib, Neveshni arzon narxda qo‘lga kiritishni ko‘zlayapti.

Biroq, Xavi Ernandes boshchiligidagi murabbiylar shtabi portugaliyalik legioner ular qo‘llayotgan o‘yin uslubiga mos tushmasligini va bu o‘yinchi jamoadan ketishi kutilayotgan Serxio Busketsning o‘rnini bosa olmasligini ta’kidlab, transferga qarshilik qilmoqda.

Xavi Nevesh himoyalanishda no‘noqligi va pozitsion o‘yinda faol qatnasha olmasligini ochiq aytdi. Ispaniyalik mutaxassis Buskets o‘rniga “Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendini olib kelishni talab qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!