Laporta Messi haqida: Uning otasi Leo bunday bosimni istamasligini aytdi

  • 30 iyun, 2023, 08:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joan Laporta Lionel Messi "Barselona"ga o‘tmaganidan afsusda.

“Messi “Barsa”ga qaytishni xohlardi. U Parijda juda qiyin davrni boshdan kechirdi.

Uning otasi menga Leo bunday bosimni istamasligini aytdi. Biz uni hurmat qilamiz va Mayamida muvaffaqiyat qozonishini tilaymiz. "Barsa" har doim uning uyi bo‘lib qoladi.

Men ular bilan hurmat ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan tadbirni muhokama qildim. "Kamp Nou"ning ochilishi ajoyib sana bo‘ladi.

Prezident qabul qilishi kerak bo‘lgan qarorlar bor. "Barselona" eng muhimi. Men klubni birinchi o‘ringa qo‘ydim, lekin hammasi shunday bo‘lib ketganidan afsusdaman”, - dedi "ko‘k-anorranglilar" rahbari.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!