"Latsio" navbatdagi g‘alabasini tantana qildi (video)
Italiya A Seriyasining 19-turida “Latsio” o‘z maydonida “Sassuolo”ga qarshi bahs olib bordi.
Rimda kechgan bellashuv 2:1 hisobida maydon egalarining foydasiga hal bo‘ldi. Shu kuni “Latsio” safida Sergey Milinkovich-Savich (25') hamda Chiro Immobile (71') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. “Sassuolo”ning golini Franchesko Kaputo (6') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar